Toshkentda bir kunda 100 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 17 mart kuni O‘zbekistonda 113 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning asosiy qismi Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

17 mart holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80971 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    6 nafari  Buxoro viloyatida,
•    1 nafari Jizzax viloyatida,
•    1 nafari Samarqand viloyatida,
•    2 nafari Surxondaryo viloyatida,
•    2 nafari Xorazm viloyatida,
•    8 nafari Toshkent viloyatida,
•    93 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida Toshkent viloyatida 7 nafar va Toshkent shahrida 76 nafar bemor koronavirusdan davolanishni tugatgan.

Hozirda kasallikdan sog‘ayganlar jami 79533 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 816 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing