Toshkentda 1 tonna 350 kg narkotik moddalar yoqib yuborildi (video)
Jamiyat
−
24 avgust 2021
4693Bugun, 24 avgust kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi zavodlardan birida respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 1 tonna 350 kg narkotik moddalar yo‘q qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil — qo‘shni Afg‘onistonda hanuzgacha giyohvandlik vositalari ko‘p miqdorda yetishitirilishi, dunyoning turli mintaqalariga O‘zbekiston hududi orqali eksport qilinishi. Tahlillarga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan yili 224 ming gektar maydonlarda 6,3 ming tonna opiy yetishtirilgan.
O‘zbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6 032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko‘paygan.
Ta’kidlanishicha, Bojxona xizmati tomonidan 2020 yilda 28,4 kg geroin, 124,1 kg opiy, 127,3 kg gashish moyi, 323,9 kg ko‘knor, 692,8 kg marixuana, 223,9 kg gashish va boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan.
LiveBarchasi