Toshkentda homilador ayolga shilqimlik qilganlar 10 sutkaga qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida homilador ayolga tegajog‘lik qilib, haqoratlagan 3 erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 erkak Yashnobod tumanida spirtli ichimlik ta’sirida ko‘chada ketayotganda notanish ayolga turtilib ketgan. Ular ayolning bildirgan e’tiroziga nisbatan uni haqorat qilgan.

Ayolning bildirishicha, holat u ishdan uyga qaytyotganda sodir bo‘lgan. 30-35 yosh atrofida 3 nafar notanish erkak uni haqoratlab, tegajog‘lik qilgan. Erkaklar ushlangandan keyin o‘z aybiga iqror bo‘lib, kechirim so‘ragan.

Holat Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, 3 nafar huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onadagi futbol maktabida o‘zi bilan birga ishlovchi ayolga shilqimlik qilgan direktor o‘rinbosari 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing