Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollari olgan vaqtida ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining “Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha” hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 m2 yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-(O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-(Firibgarlik), 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uchtepa hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing