Toshkentda “hokim stipendiyasi” ta’sis etiladi. Uni kimlar oladi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida joriy yil 21 – 25 may kunlari 5 tashabbus harakati o‘tkazildi. Kecha, 25 may festivalning so‘nggi kunida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi va ularni savollarga javob berdi.

Muloqot chog‘ida Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilarga “hokim stipendiyasi” joriy etilishini ma’lum qildi.

“Stipendiya masalasi hal bo‘ladi. Hokim stipendiyasi masalasi bo‘yicha biz hozir maktab o‘quvchilariga bu yildan reja qildik. Har bitta maktabdan 5 ta fan (oldin 4 ta edi): fizika, matematika,  biologiya, kimyo va chet tili bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Bu yil sentyabrdan boshlab 5 ta o‘quvchiga “Hokim stipendiyasi” taqdim etiladi. Har bir o‘quvchiga oyiga 500 ming so‘mdan va uni tarbiyalagan o‘qituvchisiga 1 million so‘mdan beriladi. O‘quvchi maktabda 9 oy o‘qisa 5 million so‘m, o‘qituvchisi esa 10 million so‘m oladi. Biz buni joriy yil cyentyabrdan yo‘lga qo‘ymoqchimiz”, deydi Toshkent shahar hokimi.

Eslatib o‘tamiz, Ortiqxo‘jayev festival yakunida barcha OAVga to‘yni to‘ydek qilib berishgani uchun birinchi marta minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing