Toshkentda Hajga yuborish uchun odamlarni 37,2 ming dollarga chuv tushirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida litsenziyaga ega bo‘lmagan MCHJlarning Haj safariga yuborishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan odamlarning pulini qo‘lga kiritgan xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bosh prokuratura Haj va Umraga yuborish bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi north_east

Bosh prokuratura Haj va Umraga yuborish bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Jumladan, Uchtepa tumanida joylashgan “Mahdiy turizm” MJCH xodimi 1995 yilda tug‘ilgan A.J. to‘rt fuqaroga Haj safariga yuborishni va’da qilgan. U tashkilotning ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi yo‘qligini bila turib, ulardan aldov yo‘li bilan 27 ming 200 dollar olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Yana bir noqonuniy holat shaharning Shayxontohur tumanida qayd etilgan. “Sohil turizm” MJCH direktori 1991 yilda tug‘ilgan S.N. ikki fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Haj safariga yuborishni va’da qilib, bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmasa-da, 10 ming dollar olgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.

IIBB xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etilgan. Ushbu shaxslardan va sayyohlik firmalaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan esa IIBB ning 71-206-43-02 raqamiga yoki 102 raqami orqali murojaat qilish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing