Toshkentda Hayit kuni avtobuslar ham bir soat oldin ish boshlaydi
Jamiyat
−
08 aprel 2024 8333 1 daqiqa
Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, bayram kunlari avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- 2024 yil 10 aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
- 11 aprel, payshanba va 12 aprel, juma – qo‘shimcha dam olish kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 13 aprel, shanba – ish kuni ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 14 aprel, yakshanba – dam olish kuni yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kunida Toshkent metrosi poyezdlari odatdagidan barvaqtroq ish boshlashi ma’lum qilingandi.
Rayhona Ulkanbayeva
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr