Toshkentda haydovchining tanishi yo‘lovchini avtobusdan tushirib yubordi (video)
3-sahifa
−
10 Sentabr
18763Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobusdan yo‘lovchi tushirib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, AJ tomonidan tezkor tekshiruv-surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, ushbu holat bugun, 10 sentyabr kuni soat 18:03 da “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 93-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi King Long rusumli transport vositasida kuzatilgani aniqlangan. Avtobusning haydovchisi R.O tomonidan yordamlashish uchun ishga jalb qilingan Sherali ismli fuqaro va yo‘lovchi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida, avtobusga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar tekshirilgan. Haydovchining yordamchisi mast holatda avtobusda harakatlangani, jamoat transportida yurish qoidasi va madaniyatiga amal qilmay, avtobus salonidagi boshqa yo‘lovchilar, shu jumladan ayol yo‘lovchiga qo‘pollik qilganligi iddaosi bilan ushbu yo‘lovchini tushirib yuborgan. Shundan so‘ng avtobus tashqarisida janjal kelib chiqqan.
“Hozirda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganliklari uchun haydovchiga yordamchi sifatida harakatlangan Sherali ismli fuqaro va mast holatda harakatlangan yo‘lovchining xatti-harakatiga huquqiy baho berish maqsadida Ichki ishlar organlariga taqdimnoma kiritildi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan “taksist” qamalgandi.
LiveBarchasi