Toshkentda haydovchi yuk mashinada ayolni urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yuk mashinasi haydovchisi mojaro paytida ayolni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 15:00 atrofida Toshkent shahar Sergeli tumani “Ziynat” MFY, Shokirariq ko‘chasida Spark avtomobili haydovchisi, 40 yoshli Sh.R. hamda Changan yuk avtomobili haydovchisi, 38 yoshli H.M. o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan.

Changan rusumli avtomobil haydovchisi H.M. voqea joyidan ketmoqchi bo‘lgan vaqtda fuqaro Sh.R. ushbu yuk avtomobilining old qismiga tepgan. Haydovchi H.M. to‘xtamasdan harakatda davom etgan va fuqaro Sh.R.ni avtomobil bilan turtib o‘tgan. Oqibatda, fuqaro Sh.R. tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing