Toshkent havosi eng iflos shahar bo‘ldi. O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 17 oktyabrda O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar bergan edik.

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning bo‘lmagani va havo haroratining inversiyasi oqibatida 17 oktyabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.

IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 17 oktyabr soat 16:48 holatiga Toshkent dunyoning havosi eng iflos shahari bo‘lgan.

Shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga O‘zgidromet tomonidan quyidagi tavsiyalar berildi:

•  Imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak;

•  Ko‘chada bo‘lganda, albatta tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim;

•  Nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, ko‘zlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yo‘tal paydo bo‘lganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim;

•  Shuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalarning oldida ho‘l sochiqlarni yoyib qo‘yish tavsiya etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Toshkent dunyoda havosi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing