Toshkentda harbiy parad o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan ertaga, 18 noyabr kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Harbiy bo‘linmalarning piyoda yurishlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida soat 15:00 da ko‘rgazmali chiqishlar bilan boshlanadi.

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan harbiy bo‘linmalarning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Ertaga, 18 noyabr kuni poytaxtning quyida keltirilgan ko‘chalarida soat 15:00 dan soat 17:00 gacha  bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

  • Qoraqamish – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab KXAY – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Farobiy – Sag‘bon ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar – Sag‘bon ko‘chalari aylanma harakatidan, Zarqaynar ko‘chasi bo‘ylab Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Zarqaynar – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
  • Furqat – Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Furqat ko‘chasi bo‘ylab Furqat – Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing