Toshkentda harakatlanayotgan Cobalt yonib ketdi
3-sahifa
−
28 dekabr 2024 5490 1 daqiqa
Bugun, 28 dekabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Cobalt avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:47 da Shayxontohur tumanining Furqat ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:51 da yetib borib, olov soat 13:56 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
“Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi “zapravka”da yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yonib ketgandi. “Qashqadaryo Neft bazasi” MCHJ Shahrisabz filialiga qarashli 3-sonli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida Zil 130 rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yongandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025