Toshkentda harakat tezligi 60 kilometrgacha cheklandi
Jamiyat
−
19 yanvar 2023
9697Toshkent shahrida transport vositalarining yuqori harakat tezligi cheklandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023 yil 17 yanvar kuni tasdiqlandi.
Mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Shuningdek, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha transport vositalarining yuqori harakat tezligi cheklangan hududlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
LiveBarchasi