Toshkentda hokimlarning qancha qarori bekor qilindi? Statistika ochiqlandi

Jamiyat

Joriy yilning 9 oyi mobaynida Toshkent shahar tumanlararo sudlari tomonidan Toshkent shahar va tuman hokimliklarining qarorlari ustidan berilgan 345 ta arizalar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 138 tasi qanoatlantirilgan, 148 tasi esa rad qilingan. Bu haqda Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Almamedovning aytishicha, Toshkent shahar va tuman hokimliklarining qarorlari ustidan berilgan 345 ta arizadan 25 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 35 tasi bo‘yicha esa ish yuritish to‘xtatilgan. 

“Bu qarorlar qaysi sohalarga oid edi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Hokimliklarning yer ajratish haqidagi, ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yilgacha amalda bo‘lgan 461-sonli qarori bor edi va shu qarordan kelib chiqqan, yer ajratish hamda egalik huquqini berish bilan bog‘liq hokimliklarning qarorlari bugungi kunda ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, deydi Almamedov. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar va tumanlararo ma’muriy sudlariga joriy yilning 9 oyi davomida jami 3018 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Shundan 416 tasini qabul qilish rad etilgan, 793 tasi qaytarilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 1541 ta ish esa ko‘rib tamomlangan. Shundan, 875 tasi qanoatlantirilgan, 424 tasi rad qilingan, 171 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 71 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turobov jinoyatchi ayollar ko‘payayotganini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing