Toshkent “zamhokim”i mahalla raisini haqoratlab, jismoniy kuch ishlatgani aytilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonovning Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Usta Normat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Alisher Ikromovni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani aks etgan xabarlar tarqalgan. Bu haqda O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati mas’ul xodimlari hamda Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rahbariyati voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Alisher Ikromov bilan bog‘langan hamda holat bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni olgan.

Ikromov tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 9 may kuni u “Usta Normat” mahallasi Dehqonobod ko‘chasida joylashgan Baxtiyor Rahmonovning ota uyiga chaqirtiriladi. U bu yerda o‘zining xizmat vazifasiga aloqador bo‘lmagan, umuman boshqa bir masalaning bajarilmagani bo‘yicha Rahmonov tomonidan turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlanadi, hatto unga nisbatan jismoniy kuch ishlatiladi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda mazkur holat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri nazoratiga olingan hamda Vazirlik Ishchi guruhi tomonidan voqea tafsilotlari batafsil o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Rahmonov bilan bog‘liq bunday turdagi xabarlar birinchi marta tarqalmayapti. Rahmonov 2019 yil Toshkentning Olmazor tumani hokimi bo‘lib ishlagan paytlarda QALAMPIR.UZ’ga Baxtiyor Rahmonov o‘tkazgan yig‘ilishdan audioyozuv kelib tushgandi.

O‘sha paytdagi audioyozuvda hokim Baxtiyor Rahmonov yig‘ilish ishtirokchilariga qayta-qayta so‘kib murojaat qilayotgani, ularni haqoratlagani, qamatish, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilganini tinglash mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing