Toshkent yo‘llarini yamashda LUKOYLdan yordam olinadi

Jamiyat

image

Endilikda Toshkent yo‘llari sifatini yaxshilashda LUKOYL bilan hamkorlik qilinadi. Bu haqda poytaxt hokimligida LLK-International kompaniyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
 
Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi Baxtiyor Rahmonov LUKOYLga tegishli LLK-International mutasaddilari bilan uchrashgan.

Shuningdek, uchrashuvda “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” mutasaddilari, yo‘l qurilishi va loyihalashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan.

“O‘zaro muloqot davomida poytaxtdagi yo‘llarni sifatli ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi. Baxtiyor Rahmonov poytaxt ko‘chalari haqida ma’lumot berib, iqlimimiz keskin kontinental bo‘lgani bois yo‘llarda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari sifatini hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish muhimligini ta’kidladi”, deyilgan xabarda.

Qolaversa, Toshkent iqlimi keskin kontinental bo‘lgani bois yo‘llarda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari sifati hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish kerakligi ta’kidlangan.

Hokim v.b. Baxtiyor Rahmonov esa keskin kontinental iqlimni hisobga olgan holda ta’mirlash ishlari sifati va ularning xizmat muddatini oshirish muhimligini aytgan.

“LLK-International mutasaddilari hozirda ular tomonidan yo‘l qurilishi va ta’mirlashda qo‘llanilayotgan mahsulot hamda texnologiyalar haqida atroflicha ma’lumot berib, bajarilgan ishning kafolati 7-10 yil, hatto undan ortiq ham bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishdi. Shuningdek, ular ish jarayonida har bir ob’ekt uchun alohida yechim qo‘llashlari va 20 daraja sovuqdan 76 daraja issiqqacha bo‘lgan iqlim sharoitlariga mos keluvchi takliflari borligini aytib o‘tishdi”, deyilgan hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing