Toshkentda yilning eng unutilmas voqeasi – Yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

20-21 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Congress Hallda ikkinchi marta tashkil etilgan Yoshlar forumi voqealarga boyligi bilan yodda qoldi. Forum o‘tgan yili 10 000dan ziyod yoshni jamlagan bo‘lsa, bu yil ular soni 15 000dan oshdi.

Forum doirasida yoshlar davlat amaldorlari, xususan, Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev kabilar bilan ochiqdan-ochiq suhbatlashish hamda o‘z taklif va savollarini erkin tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Forumda yoshlar uchun ajoyib atmosferada bo‘lishdi. Davlat amaldorlaridan tashqari, taniqli shaxslar, blogerlar, tik-tokerlar bilan ham uchrashuvlar tashkil qilindi. 

Shuningdek, bu safar forumda qo‘shni Qozog‘iston yoshlari ham ishtirok etishganini ta’kidlash zarur. Xalqaro kuzatuvchilar bu forum haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing