Toshkent yer usti metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li 7-bekatida poyezdlar harakati bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining II bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda. 

“Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 19 aprel sanasida Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Shu kuni poyezdlar harakati “Do‘stlik-2”–“6-bekat” oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent er usti metrosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar