Toshkent yer usti metro halqa yo‘li O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga nomlanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yo‘li “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” deb nomlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi sanasi munosabati bilan:

•    Toshkentda “Istiqlol” majmuasini tashkil etish va u yerda mustaqillikning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi;

•    “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi;

•    o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” kitob-albomini hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va to‘plamlar nashr etiladi;

•    2021 yilda mamlakat o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalari mustaqillikning o‘ttiz yilligi g‘oyasi va ruhi bilan uyg‘un va hamohang holda tashkil etiladi;

•    madaniyat va san’atning barcha yo‘nalishlari (musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy san’at, sirk, xalq ijodiyoti) bo‘yicha respublika miqyosida festival va ko‘rgazmalar tashkil etiladi;

•    mamlakat mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari hamda tarixiy va zamonamiz qahramonlari hayoti va faoliyati haqidagi pesalar tanlovlari tashkil etiladi;

•    mustaqillik yillarida erishilgan ilmiy yutuqlar asosida yaratilgan innovatsion loyiha va texnologiyalar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mustaqillik bayrami

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing