Toshkent yashash uchun eng arzon shaharlar ro‘yxatidan joy oldi
Olam
−
30 iyun 2022
13222Toshkent, Dushanbe va Bishkek yashash uchun arzon shaharlar ro‘yxatidan joy oldi. Ma’lumotlar “Cost of Living City” reytingida keltirilgan.
Qayd etilishicha, ro‘yxatda 227 ta eng arzon va qimmat shaharlar keltirilgan. Unga ko‘ra, yashash uchun eng qimmat shahar Gonkong, eng arzoni esa Anqara.
Shuningdek, yashash uchun eng qimmat shaharlar 10 taligiga Tel-Aviv, Nyu-York, Singapur, Tokio va Pekin kirgan. Bundan tashqari, Shveysariyaning to‘rtta shahri: Syurix, Jeneva, Bazel va Bern ham juda qimmat shaharlar.
Yashash uchun eng arzon shaharlar 10 taligiga esa Jazoir, Tunis, Istanbul, Karachi, Islomobod, Dushanbe va Bishkek kirgan.
Ma’lumot o‘rnida, eng qimmat va arzon shaharning reytingi har yili tuziladi. Istisno tariqasida 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli tadqiqot o‘tkazilmagan va ro‘yxat shakllantirilmagan.
Reyting tuzishda ijara, jamoat transporti, oziq-ovqat, turar joy va 200 dan ortiq tovarlar, xizmatlarning narxlari inobatga olinadi.
LiveBarchasi