Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning 31 avgust kuni Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter repatriatsiya qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar bermoqda. 

Qatnov quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan): 

Toshkent-Vladivostok

Toshkentdan ketish vaqti – 05: 20 da, Vladivostokga kelish - 17: 20. 

Vladivostok-Toshkent

Vladivostokdan ketish - 19: 20, Toshkentga kelish - 22: 05. 

Toshkentning - Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida “Uzbekistan Airways Sales” jonli navbat tartibida, yo‘lovchining shaxsan o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin: 

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos. 

• Xorijiy fuqarolar uchun – pasport. 

Vladivostok - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni sotib olish uchun quyidagi aloqa ma’lumotlariga murojaat qilishingiz mumkin: 

Manzil:  Vladivostok,  Novoivanovskaya qo‘chasi,  3-uy. 

(Ma’lumot: "Lugovaya maydoni" savdo markazi)

Aloqa uchun telefonlar: +7 908 960 00 50, +7 951 011 11 13

“Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun Sizdan aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam so‘ramasligingizni so‘raymiz. 

Aviachiptada ko‘rsatilgan narxni “Uzbekistan Airways” AJ filialining kassasida to‘lagan pulingiz bilan solishtirishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi rasmiy xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Charter reys

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing