Toshkent viloyatining yana bir tumanida hokim o‘zgardi 

Jamiyat

image

Bugun, 18 fevralya kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan To‘xtaboyev Abdusattorovich Abduqahhor egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Yalgashev Usarovich Ulug‘bek Yangiyo‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ulug‘bek Yalgashev 1973 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1994 yilda Samarqand davlat me’morchilik institutini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari hamda O‘zbekiston Hisob palatasida turli vazifalarda ishlagan.

Yalgashev Ulug‘bek ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida bosh inspektor sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘ka va Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Yangiyo'l

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing