Toshkent viloyatining uch tumanida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Bo‘ka va Parkent tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda “Toshkent HETK” AJ ma’lum qildi.

Xususan, Bo‘stonliq tumani “Burchmullo” MFY hududiga elektr ta’minotini yetkazib beruvchi T-2 podstansiya “Burchmulla” 6 kv havo tarmog‘ida;

Bo‘ka tumani “Dashtobod”, “Murotali”, “Ibrat”, “Qora qo‘yli”, “Taraqqiyot”, “Haqberdi”, “Hayitobod” MFYlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi “L-Qurusoy”  XL-35kV havo tarmog‘ida;

2020 yil 11 iyun kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha Parkent tumani “Xisorak” va “Changi” MFYlariga elektr energiyasini yetkazib beruvchi 6 kV “Quyoshli” podstansiyasida joriy ta’mirlash va boshqa zarur texnik ishlar olib borilishi sababli shu hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuzaga keladi.

“Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun Bo‘stonliq, Bo‘ka, Parkent tumanlari aholisidan uzr so‘raymiz”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi Toshkent viloyati

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing