Toshkent viloyatining sobiq hokimi yana “post”ga qaytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov zimmasiga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi.

Rustam Xolmatov joriy yilning 3 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatida o‘tkazilagan yig‘ilishdan so‘ng ishdan olingan G‘ulomjon Ibragimov o‘rniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Rustam Xolmatov 1961 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

U 1995 yildan 2003 yilgacha Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, keyinroq Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2008 yildan 2013 yilgacha esa Toshkent viloyati hokimi bo‘lib ishlagan.

U biroz muddat tanaffusdan keyin 2017 yilning aprelida Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar sifatida ish boshlagan. 2018 yilning noyabr oyidan beri Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing