Toshkent viloyatining 3 hududida ekstremizmda ayblangan 27 kishi ushlandi
3-sahifa
−
23 Sentabr 2021
8019Toshkent viloyatining Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida “Xavfsiz hudud” keng qamrovli, tezkor-profilaktik tadbiri davomida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
Xususan, Toshkent viloyat IIBB, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida, yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan 27 nafar shaxs aniqlanib, ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkent shahri, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro terrorchilik guruhlari a’zolari ushlangandi.
LiveBarchasi