Toshkent viloyatining 14 ta mahallasi poytaxt hududiga o‘tkaziladi
Jamiyat
−
12 sentabr 2024 18309 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi 14 ta mahalla poytaxtning yangi tumani – Yangi Toshkentga o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi qaroriga ko‘ra, quyidagi MFYlar Toshkent shahri hududiga o‘tadi.
Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:
- “Istiqlol”, “Gulobod”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi hayot”, “Sahovat” va “Qizilsoy” MFYlar;
- O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:
- “Mustaqillik”, “Yangi Turmush” va “Mash’al” MFYlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati deputatlari viloyat hududining bir qismini Yangi Toshkent tumaniga o‘tkazishni ma’qullagandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust