Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, tayinlov bugun, 3 avgust kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilgan.

Ushbu tayinlovga qadar Eshquvvatov Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati prokurori lavozimida avval Shavkatjon Rahimov ishlab kelayotgan edi. Uning qachon va nima sababdan ishdan olingani haqida rasmiy xabar berilganicha yo‘q. Xususan, Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ'ning mazkur so‘rovini javobsiz qoldirgan.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made