Toshkent viloyatidan yer olib berish uchun 75 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
4205Joriy yil 15 aprel kuni Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda fuqaro A.J. o‘zini Bosh prokuratura Departamentida, yaqin qarindoshi esa Bosh prokuraturada yuqori lavozimda ishlashini aytib, fuqaro B.Yu.dan Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar yer maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va’da qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga shu kunga qadar 51 100 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qolgan 24 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi A.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun qidiruvda bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi