Toshkent viloyatidan poytaxtga qancha ijtimoiy ob’ekt o‘tkazilayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatidan 7 853,3 gektar yer maydoni Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilangan edi. 

Viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar munosabati bilan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tuvchi ob’ektlar sonini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:
•  maktablar – 17 ta
•  maktabgacha ta’lim muassasalar – 16 ta
•  kollejlar – 2 ta
•  diniy mussasalar – 6 ta
•  qabristonlar – 9 ta
•  madaniyat markazlari – 2 ta
•  tibbiyot muassalari – 7 tani tashkil etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga o‘tayotgan hududlarda 42 ta MFY mavjud bo‘lib, bugungi kunda ushbu hududlarda 95 872 nafar aholi (23 249 ta oila, 29 010 ta xonadon mavjud) istiqomat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing