Toshkent viloyatidagi YTHda bir yoshga to‘lmagan chaqaloq vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 22 may kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida “Vaz-2104” va Cobalt avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda ikki kishi, jumladan, bir yoshga to‘lmagan chaqaloq vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 22 may kuni soat 12:40 atrofida Bekobod shahar “Madaniyat” MFY hududidan o‘tgan 4P-26 “Sirdaryo-Dehqonobod-Bekobod” avtomobil yo‘lining 99-kilometrida sodir bo‘lgan.

1985 yilda tug‘ilgan haydovchi J.G. boshqaruvidagi “Vaz-2104” o‘zidan oldinda bo‘lgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqqan vaqtida qarshisidan kelayotgan 1986 yilda tug‘ilgan O.I. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida “Vaz-2104” haydovchisi J.G. va Cobalt avtomobilida bo‘lgan, hali bir yoshga to‘lmagan yo‘lovchi S.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Cobalt haydovchisi O.I., 1961 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi N.I. hamda “Vaz-2104” salonida bo‘lgan 2013 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi A.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing