Toshkent viloyatidagi tekstil sexida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 11 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani, “Gulzor” mahallasida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Chaqiruvga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha sexning ikkinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan, vaziyat nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi korxona sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in tsex Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing