Toshkent viloyatidagi korxonada yong‘in kelib chiqdi
3-sahifa
−
30 iyun 2021 6269 1 daqiqa
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi korxonalarning birida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 29 iyun kuni soat 21:58 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga O‘rtachirchiq tumani “Tinchlik” MFY Munavvar ko‘chasida joylashgan “BARAKA DEKOR” MCHJ da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:07 da voqea joyiga yetib borib, soat 23:01 da yong‘in o‘rab olingan va soat 23:14 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lum qilindi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr