Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi
Jamiyat
−
20 aprel 2021
6172Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi. Mazkur maktablardagi 30 nafar o‘quvchi hamda 25 nafar o‘qituvchida “Covid 19” kasalligi borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qiliishicha, joylarlardagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangani sababli mazkur maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy olib borilyapti.
Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar o‘qish jarayonlarini to‘liq onlayn rejimda olib bormoqda.
Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinfi, Bo‘ka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga o‘tkazilgan.
LiveBarchasi