Toshkent viloyatida suv omborlari bittaga ko‘payadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, bosh loyiha tashkiloti “O‘zGIP” MCHJ tomonidan 15 mln kub m. hajmdagi suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilgan.

“Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlanishi mumkin.

Loyihani amalga oshirish muddati 2022 yil 1 mart qilib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti “O‘zGIP” MCHJ bilan birgalikda 2020 yilning 1 mayiga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq talab etiladigan kapital qo‘yilmalarni:

•    buyurtmachi va bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar asosida, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Suv xo‘jaligi vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
•    2020 – 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida ajratilishini nazarda tutadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatadi.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamroyev hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.Q. Xolmatov loyihani amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar.

“Toshkent viloyatida Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati suv ombori

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing