Toshkent viloyatida yana bir karantin qoidasi yumshatildi

Jamiyat

image

Bugun, 15 sentyabrdan e’tiboran Toshkent viloyati hududida Damas rusumli yengil avtomobillarning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berildi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishcha, Damas’larning harakatida har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va chiptachilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 C va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Haydovchilarning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi hamda transport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan holda bo‘lishi ta’minlanadi. Yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini nazorat qilish, tibbiy niqobi bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy nazoratga olinadi. 

Aytilishicha, transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. Sanitar ishlov berilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan, texnik nosoz transport vositasi ishga chiqarilishi qat’iyan taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori asosida joriy yilning 5 sentyabr sanasidan boshlab oshxona, kinoteatrlar faoliyatiga ruxsat berildi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing