Toshkent viloyatida tunda tomosha ko‘rsatgan haydovchilar qo‘lga olindi (video)

Jamiyat

0:00
0:00
download

Kecha, 5 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida bir guruh shaxslar avtomobilda “yo‘l harakati qoidalari” talablarini buzgan holda, boshqa haydovchilarga xalal berib manyovrlar qilgani, shovqin solib fuqarolar tinchligini buzgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganilgan va huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rilishi ta’minlangan.

Ma’lum qilinishicha, voqeada ishtirok etgan barcha shaxslar shaxslar IIB xodimlari tomonidan aniqlangan va holatga oydinlik kiritish maqsadida ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilmoqda.

Tafsilotga ko‘ra, 4 mart kuni Olmaliq shahar beshinchi kichik nohiyasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan A.T. ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan olti nafar (Sh.T., A.I., J.A., Sh.O., I.A., N.U.) 20-25 yosh orasidagi yoshlar mehmonga kelgan. 

Shundan so‘ng, ushbu shaxslar soat taxminan 23:30 larda o‘zlariga tegishli bo‘lgan besh turdagi avtomobillarda “Abdulla Qahhor” va “Islom Karimov” mahallalarini tutashtiruvchi ko‘chaga kelib, avtomobillarini yo‘lning qatnov qismiga qo‘ygan va boshqa harakat qatnashchilariga xavf tug‘dirib, ulovlarni katta tezlikda boshqargan.

Shuningdek, ular taqiqlangan tovush chiqaruvchi signallarini chalib, yaqin atrofda yashovchilarni tinchligini buzib, qasddan jamiyatda yurish turish qoidalarini buzgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing