Toshkent viloyatida tadbirkor MIB xodimlariga tahdid qildi
3-sahifa
−
22 may 2023
10453Toshkent viloyati Nurafshon shahrida do‘koni buzilayotgan tadbirkor Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan janjallashib, ularga tahdid qildi. Bu haqda MIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, byuroning Nurafshon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdorlar X.A., O.O., Sh.R., G.Sh. hamda Ya.S.ning zimmasiga “To‘ytepa” mahallasi Y.Ohunboboyev ko‘chasidagi yer maydonlaridagi noqonuniy qurilgan do‘konlarini o‘z hisobidan buzdirish va yer maydonini o‘z holiga qaytarish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lgan.
Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlar va do‘konlardan foydalanayotgan fuqarolar bu haqda rasmiy ravishda bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilmagan. Shu sababli hujjatning ijrosini ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari joriy yilning 17 may kuni soat 19:00 ga tayinlangan hamda tegishli organlar, tashkilotlar va taraflarga rasmiy ravishda talabnomalar berilgan.
Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rsatilgan manzilga borilganda taraf bo‘lmagan shaxslar, ya’ni F.Qambarova, T.Rahmonov va Z.Abdurahmonovalar ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib, qurilmani buzish uchun keltirilgan maxsus texnikani yoqib yuborish va buziladigan bino ostiga o‘zini tashlash bilan tahdid qilgan.
So‘ngra qarzdorlar va ijro hujjati bo‘yicha taraf bo‘lmagan shaxslarning 10 kunlik muddat ichida ushbu noqonuniy savdo do‘konlarini o‘zlari ixtiyoriy ravishda buzishiga imkoniyat berishni so‘ragan.
Shu sababli ijro ishi bo‘yicha ushbu shaxslarga 10 kunlik muddat berilgan, agarda ushbu muddatda noqonuniy qurilma buzilmagan taqdirda, majburiy buzish ijro harakatlari olib boriladi.
LiveBarchasi