Toshkent viloyatida ruxsat etilgan tezlik me’yori o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Yo‘llarda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatidagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi soatiga 100 kilometrdan 80 kilometr soatga kamaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining joriy yil 17 aprel kuni qabul qilingan “Viloyatning ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qaror bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining viloyatning 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi avtomobillarning tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 “yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilarini amaldagi talablar asosida besh kun muddatda o‘rnatilishini ta’minlaydi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida cheklagan tezlikda avtomobillar harakatlanishini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilangan.

Viloyatning 37 ta yo‘l qismlari dagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirilayotgan yo‘llar ro‘yxati:

Qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tezlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing