Toshkent viloyatida poyezd “naushnik” taqqan yigitni urib ketdi
3-sahifa
−
11 yanvar 2022
9422Joriy yilning 3 yanvar kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tgan poyezd yo‘lida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumanning “Boyovul” MFYda yashagan N.A. temir yo‘l izi atrofida qulog‘iga naushnik taqib, chorva mollarini boqib yurgan vaqtida To‘ytepa—Ozodlik yo‘nalishidan kelayotgan yuk poyezdi urib yuborishi oqibatida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan 6 yanvar kuni ushbu mahallada baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda fuqarolarga temir yo‘l atroflarida naushniklardan foydalanmaslik, yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlanishini taminlash maqsadida temir yo‘l izining belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik bo‘yicha tushunchalar berildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida Nukus – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd 1987 yilda tug‘ilgan ayolni urib ketgan edi.
LiveBarchasi