Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil etganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro mazkur tumandagi dala hovlilardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgan. Ular mefedron sintetik narkotik moddasini tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu noqununiy harakat Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.

Qayd etilishcha, xonadon ko‘zdan kechirilganda jami 1 kilogramm 12 gramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasi, uni tayyorlashda foydalaniladigan kimyoviy suyuqliklar va boshqa zarur uskunalar borligi aniqlangan.  

Shuningdek, ulardan biriga tegishli kafening alohida xonasida 18 gramm opiy, 33 gramm gashish, 2 gramm mefedron narkotik moddalari borligi ham ma’lum bo‘ldi.  

Ular Telegram messenjeri orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotgan.  

Tezkor tadbirlar natijasida mazkur shaxslar tomonidan Toshkent shahri va viloyati hududidagi 15 ta xufiya joyga sotish maqsadida 7 gramm mefedron va 8 gramm gashish narkotik moddalari yashirib ketilgani ham oshkor bo‘lgan.  

Shuningdek, qonunbuzarlar o‘zlarining jinoiy harakatlariga 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, kimyo sohasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan fuqaroni jalb etgan. O‘z navbatida, u zarur kimyoviy elementlardan foydalangan holda mefedron sintetik giyohvandlik vositasini tayyorlagan.  

Narkotiklarni xufiya joylarga joylashtirish bilan esa Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan shaxs shug‘ullangan.  

Hozirda ushbu qonunbuzarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing