Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro A.U.ga tegishli “Oybek” MFYdagi noturar joy ko‘zdan kechirilib, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. ushbu binoda 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan. Mazkur shaxslar bu orqali elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati Romitan tumanida davlatga 2,5 milliard so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlangandi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing