Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisi haydovchiga pichoq bilan hujum qildi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
5562Toshkent viloyatida haydovchiga pichoq bilan hujum qilib, uni tunamoqchi bo‘lgan 17 yoshli voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi. Voqea Ohangaron tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 1 fevral kuni soat 15:00 larda voyaga yetmagan, 17 yoshli 9-sinf o‘quvchisi E.Z. Toshkent shahri Bektemir tumani hududida joylashgan “Vodiy” shoh bekati oldida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi, 29 yoshli A.X. bilan uni va oila a’zolarini Andijon viloyati Asaka tumaniga olib borishga kelishib, oila a’zolarini Ohangaron tumani hududidan yo‘l-yo‘lakay olib ketishlarini aytib, ushbu avtomobilning old o‘ng tomon o‘rindig‘iga o‘tirib, yo‘lni ko‘rsatib borgan. O‘zar qishlog‘iga yetmasdan E.Z. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini A.X. ning bo‘yin qismiga tirab, yonida bo‘lgan bor puli va buyumlarini berishini talab qilib, narxi 1 500 000 so‘mlik “HUAWEI” rusumli uyali telefon apparatini, avtomobilning boshqaruv pultini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Shundan so‘ng E.Z. haydovchi A.X. ga avtomobilni Nurafshon shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarishini talab qilgan, haydovchi avtomobilni Ohangaron tumani “Oybuloq” MFY “O‘zar” qishlog‘idan chiqishdagi avtobus bekati ro‘parasida to‘xtatib, bekatda turgan notanish shaxslardan yordam so‘ragan va avtobus bekatida o‘tirgan notanish fuqarolar E.Z. ni ushlab IIB xodimlariga topshirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oxangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.Z. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi