Toshkent viloyatida katta tezlikdagi Lacetti daraxtga borib urildi. Qurbon bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyati  Bo‘stonliq tuman hududidan o‘tgan 4R-12 avtomobil yo‘lining 47-kilometrida haydovchi Lacetti rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda 1991 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi J.M. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan, ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing