Toshkent viloyatida qidiruvga berilgan 23 kishi MDH davlatlaridan tutib, olib kelindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari qidiruvda bo‘lgan va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida yashirinib yurgan 23 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib keldi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish,  fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, hamkor tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus tezkor-profilaktik oyligi o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 56 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlangan. 

Joriy yil boshidan beri  viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.  

Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) bo‘lib, eng uzoq qidiruvda bo‘lgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan. 

Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing