Toshkent viloyatida itlarni so‘ygan fuqaro qamaldi
3-sahifa
−
13 mart 2023
7021Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatidagi uylarning birida itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingan edi. Buni sodir etgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish tashkiloti xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 mart kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Ahmad Yassaviy mahallasida yashovchi V.X. ustidan o‘z uyida 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelayotgani yuzasidan sud bo‘lib o‘tdi. Sudda ayblanuvchi fuqaro, mahalla profilaktika inspektori, “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish tashkiloti vakillari ishtirok etgan.
Sudda ayblanuvchi uyida itlarni faqat o‘z ehtiyojlari uchun so‘yganini aytgan. Nega uyiga har kuni itlar olib kelingani haqidagi savolga esa javob bera olmagan.
Holat yuzasidan sudya aybdorga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi tayinlagan.
LiveBarchasi