Toshkent viloyatida ichimlik suvi uchun ajratilgan salkam 500 mln so‘m talon-toroj qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Angren, Nurafshon, Olmaliq shaharlari, Piskent, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan 6 ta MCHJ o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilib, amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 493,8 mln so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing