Toshkent viloyatida fohishaxona tashkil qilgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
11 aprel 2021
32747Toshkent viloyatining bir qator hududlarida fohishaxonalar aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyat IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan “zarbdor oyligi” doirasida, tungi klub, spa-salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tadbir natijasida Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora ko‘rilishi ta’minlangan.
Xususan, Angren shahar “Dukent” qo‘rg‘onida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan X.Sh. o‘zi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilgani aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Bundan tashqari, fohishalik bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasiga (fohishalik bilan shug‘ullanish) ko‘ra tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Bundan avval Toshkelt viloyati Chirchiq shahrida hamda mamlakat poytaxti Toshkent shahrida spa-salonlari fohishaxonaga aylantirilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi