Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
17 yanvar 2023 8168 1 daqiqa
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 12 yanvar kuni Chirchiq shahar, “Ma’rifat” mahallasidagi dala hovlida yashagan 1953 yilda tug‘ilgan A.Sh. va turmush o‘rtog‘i X.Sh. is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va ko‘mirdan is gazi chiqqan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28