Toshkent viloyatida er avval xotinini, so‘ng o‘zini pichoqladi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
6129Toshkent viloyatida mudhish qotillik yuz berdi. Mast holdagi er xotinini pichoqlab o‘ldirib so‘ng o‘z joniga suiqasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Chinoz tumanida bo‘lgan ushbu jinoyat joriy yilning 13 yanvar kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.
Muqaddam sudlangan 32 yoshli Yu.A. mast holatda 31 yoshli xotini L.A. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Shundan so‘ng erkak oshxona pichog‘i bilan xotinining chap orqa ko‘krak qafasi sohasi va bel sohasi chap yonbosh qismiga urib, uni qasddan o‘ldirgan. So‘ng o‘zining chap qo‘l bilak sohasini kesib, qorin sohasi o‘ng tomon pastki qismiga to‘rt marotaba pichoq bilan sanchib, joniga suiqasd qilgan.
“Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Yu.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, - deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi