Toshkent viloyatida daydi itlar yosh bolani talab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi hududlarda daydi itlarni tutish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida Angren shahrida maktab o‘quvchisini daydi it talagani va natijada o‘quvchi og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan. Ammo ushbu xabar rasmiy tasdiqlanmagan.

Hodisa yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar va o‘rganish ishlari boshlangan.

Ayni paytda shahar va viloyat hududida daydi hayvonlarni nazorat qilish, ularni tutish hamda belgilangan maxsus joylarda saqlash ishlari kuchaytirilgan.

Chora-tadbirlar natijasida o‘quvchi bolani talagan it ham Angren shahar obodonlashtirish bo‘limi daydi hayvonlarni tutish guruhi  tomonidan tutilgan va akt tuzilib, maxsus saqlash joyiga olib borilgan.

“Shuningdek, kuni kecha viloyat hokimligi mas’ullari ishtirokidagi  shoshilinch muhokamada mutasaddi tashkilotlar – obodonlashtirish xizmati, veterinariya bo‘limi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati hamda boshqa mas’ul idoralarga tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi”, deyiladi hokimlik bergan xabarda.

Mazkur holat alohida nazoratga olingan bo‘lib, jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash borasida barcha zarur choralar ko‘rilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Angren daydi itlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing